Maktab dars jadvalini avtomatik tuzing
O'qituvchilar bandligi, metodik kunlar va smenalarni hisobga oladi.
Kirish
Bitta jadval, ikki ko'rinish
Tuzilgan jadvalni sinf yoki o'qituvchi bo'yicha ko'ring va chop eting.


Imkoniyatlar
- Avtomatik tuzish
- Haftalik jadval bir tugma bilan tuziladi. Bir o'qituvchi bir vaqtda ikki sinfda turmaydi, sig'may qolgan darslar esa yashirilmaydi, alohida ko'rsatiladi.
- O'quv reja va Excel
- Sinflar bo'yicha haftalik soatlar Excel'dan yuklanadi yoki tayyor namunadan olinadi. O'quv reja va o'qituvchilar ro'yxatini Excel'ga chiqarish mumkin.
- O'qituvchilar ro'yxati
- Boshlang'ich sinf o'qituvchisi o'z sinfiga biriktiriladi, fan o'qituvchilari sinflar va fanlar bo'yicha taqsimlanadi. Darslarni avtomatik taklif qilamiz yoki qo'lda belgilaysiz.
- Smenalar
- Maktab 1, 2 yoki 3 smenada ishlashi mumkin. Har bir sinf o'z smenasiga qo'yiladi, o'qituvchining darslari esa soat bo'yicha to'qnashmaydi.
- Metodik kunlar
- Fanga butun maktab bo'yicha dam kuni belgilanadi: o'sha kuni bu fan jadvalga qo'yilmaydi.
- Choraklar, tarix, chop etish
- Har chorak alohida sozlanadi va o'z jadvaliga ega. Oldingi variantlar saqlanadi, istalganini joriy qilish va jadvalni chop etish mumkin.
Qanday ishlaydi
Maktab haftasi va o'quv reja
Kunlar soni, smenalar, dars va tanaffus vaqtlarini belgilang. O'quv rejani Excel'dan yuklang yoki namunadan oling.
Sinflar va o'qituvchilar
Sinflar sonini va o'qituvchilar ro'yxatini kiriting. Darslar o'qituvchilarga avtomatik taqsimlanadi, xohlasangiz qo'lda o'zgartirasiz.
Jadval tuzing va chop eting
Tekshiruvdan o'tgach, jadval bir tugma bilan tuziladi. Kerak bo'lsa darslarni almashtiring, keyin chop eting.
Birinchi jadvalingizni tuzing
Telefon raqamingiz bilan kirasiz, alohida ro'yxatdan o'tish shart emas.